Uchquduq tuman 20-maktabning matematika-informatika fani o’qituvchisi To’rayeva Gulhayoni tadbir ishlanmasi

Matematik bellashuv

Tadbir quvnoq musiqa sadolari bilan boshlanadi. Sahnaga milliy kiyingan ikki nafar o’quvchi chiqib keladi.

1-boshlovchi: Assalom, yurtimizning bilimga kon maskani

Assalom, ey ilmu fanning sohibu davronlari!

Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari,

Siz kelajak bunyodkori, topqiru zukkolari!

2-boshlovchi: Matematik tadbirda bo’ling deymiz siz shodon,

Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror

Qiziq topshiriq misol sizga bo’lsin armug’on,

Bobolarimiz ruhlari bo’lsin deymiz madadkor!

1-boshlovchi: -Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar! Ma’lumki o’quv yilining har bir oyi bitta fanga ajratilgan bo’lib, shu fan oyligida sinfdan tashqari tadbirlar, kechalar ochiq dars mashg’ulotlari bahs va munozaralar o’tkazib boriladi.

2-boshlovchi: Har yilning fevral oyi “Matematika” fani oyligi hisoblanib, unda turli xil tadbirlar tashkil etiladi. Bugun biz maktabning 9-“A”, 9-“D”, 9-“E” sinf o’quvchilari o’rtasida matematik viktorina, ya’ni savol-javob bellashuvini o’tkazish uchun to’planganmiz. Fursatdan foydalanib bu kechada har uchala sinf o’quvchilariga omad tilab qolamiz.

1-boshlovchi: Bellashuvimiz rang-barang shartlar va quvnoq topshiriqlarga boy.

2-boshlovchi: Qani, aziz tengdoshim! Matematika fani bizga nimalarni o’rgatar ekan?

1-boshlovchi: -Matematika atamasi yunonchadan olingan bo’lib bilim, fan ma’nosini beradi. U aniq mantiqiy mushohada, hisoblash amallari bilan shug’ullanadigan fandir.

2-boshlovchi: Bugun bellashuvda 9-“A” sinfining “Al-Koshiy”, 9-“D” sinfining “Al-Farobiy”, 9-“E” sinfining “Al-Farg’oniy” guruhlari bellashadilar.

1-boshlovchi: Inson dunyoga kelibdiki yaratgandan boylik, amal, farovon hayot ato etishini so’rab, yalinib yolvoradi. Ammo barchasining asosi bo’lgan bilimli bo’lishni, yaxshi fazilatlarga ega bo’lishni so’ramaydi.

2-boshlovchi: Bugungi bellashuvning asosiy sababi qaysi bir guruh g’olib bo’lishida emas, balki har bir guruh olgan bilimlarini namoyon qilib, ko’rsatib bera olishda va matematik bilimlarini oshirishidadir. Uchala guruhga ham omad tilagan holda, bugungi bellashuvimizni boshlashga ruxsat bergaysiz.

1-boshlovchi: Guruhlar quyidagi shartlar asosida bellashadilar.

1-shart. Tanishtiruv

2-shart. Matematik viktorina

3-shart. “O’yla izla top” o’yini

4-shart. “Davom ettir” o’yini

5-shart. “Trigonometriyani bilasizmi” zanjir o’yini

6-shart.Sardorlar bellashuvi

7-shart. “Bizning matematik sayyora”  sharti

1-boshlovchi: 1-shart. Tanishtiruv. Har bir guruh o’z nomini aytib tanishtiradi. Navbatni 1-shart bo’yicha 9-“A” sinfining Al-Koshiy guruhiga beramiz.

1-o’quvchi: Bizning guruh: “Al-Koshiy”

2-o’quvchi: Bizning shior: ilmli bo’lish ham emasdir oson, g’ayrat qil, ilm ol, hozir bor imkon.

3-o’quvchi: Bizning maqsad: Aniqlik, to’g’rilik va matematik hisob bizning do’stimiz.

4-o’quvchi: Jamshid ibn Ma’sud ibn Mahmud G’iyosiddin al-Koshiy (ko’proq G’iyosiddin al-Koshiy ismi bilanmashhur)-XIV-XV asrda o’z fanining bilimdonlari-riyoziyotchilar, tabiblar va hunarmandlari bilan shuhrat qozongan. Koshonda (hozirgi Eronda) tug’ilgan. Uning bobosi Mahmud ibn Yahyo ibn al-Hasan al-Koshiy ham o’qimishli bo’lib, 1411-yilda Sherozda riyoziyot va astrologiyaga oid risola-Iskandarning (Amir Temurning nabirasi) goroskopni tuzgan.

5-o’quvchi: G’iyosiddin al-Koshiyning tavallud yili noma’lum bo’lsada,  u yoshlik yillarini  Koshonda o’tkazib, riyoziyot va falakiyot ilmiga qiziqib, qadimgi Gretsiya, Eron va Markaziy osiyolik mashhur olimlarning asarlarini tarjima qilib, ularga sharhlar yozgan.

1-o’quvchi: U tabobat , mantiq, huquqshunoslik, adabiyot fanini yaxshi bilgan. Keyinchalik Koshiy Hirotga kelib, Shohruh saroyida xizmat qilgan va unga atab “Elxon zij”ini takomillashtirish uchun “Xoqon ziji” ( Ziji hoqoniy dar takmili”Ziji Elxoniy”) nomli astronomic asarini bitgan. Uning bu asari o’z davridagi astronomiya sohasidagi eng yetuk asarlardan hisoblangan.

2-o’quvchi: Qozizoda Rumiyning maslahati bilan Ulug’bek 1416-yili Al-Koshiyni Samarqandga taklif etgan va u hayotining so’nggi yillarigacha Samarqandda yashab, taxminan 1429-yilda vafot etgan.

3-o’quvchi: Jamshid al-Koshiy XIV-XV asrning riyoziyot va falakiyot ilmining buyuk allomalaridan biri sifatida ajoyib riyoziyot qomusi-“Miftoh al-hisob” (“Hisob kaliti”) asari bilan Yaqin va o’rta sharq mamalakatlarida , shuningdek Markaziy Osiyoda mashhur edi. Ushbu asarda sistemali ravishda bayon etilgan o’nli kasrlar ta’limoti al-Koshiyning yuqori ilmiy yutuqlaridan biri edi.

4-o’quvchi: Riyoziyot fanida hisob usulini rivojlantirish borasida ham al-Koshiyning xizmati kattadir. Ushbu masalaga u “Risola al-muhitiya”(“Doira haqidagi risola”)sini bag’ishladi va bu bilan o’rta asr matematikasi rivojiga muhim hissa qo’shdi.  Asarda 17 ta aniq o’nli belgiga ega”pi” soning taqribiy ma’nosi asiliyat uslubi bilan ko’rsatib berilgan.

5-o’quvchi: Mirzo Ulug’bek  o’zining “Ziji Ko’ragoniy”asarining muqaddimasida Koshiy mazkur asar ustida ish boshlagan ilk daf’ada vafot etdi, deb ma’lumot beradi. Koshiy arab tilini juda yaxshi bilgan  va Ulug’bek “ziji”ini muqaddimasini arab tiliga o’girgan.

1-o’quvchi: Koshiyning Hirot va ayniqsa Samarqanddagi ilmiy tadqiqotlari va uning matematika va astranomiya sohasida erishgan yutuqlari Temuriylar davrida Xuroson va Movorounnahrda madaniy rivojlanish va turli yurtlardan kelgan olimlarning erkin ilmiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilganligining yana bir muhim dalilidir.

2-o’quvchi: “Aylana haqida risola” (1427-yil) asarida al-Koshiy P sonining verguli keyingi 17 ta qiymatini topadi va bunda Arximed usulidan foydalanadi. U trigonometric hisoblashlarni takomillashtirdi, Osmon jismlarigachabo’lgan masofalarni o’lchash usulini topdi, sayyoralar harakatini kuzatish uchun mexanik asbob ixtiro qilgan.

3-o’quvchi: Har qanday aylananing uzunligi va diametrining o’zaro nisbati doimiy o’zgarmas son bo’ladi. Bu oddiy haqiqatni unchalik qiyin bo’lmagan o’lchashlar va kuzatuvlar orqali tez ilg’ash mumkin. Haqiqatan ham, aylana uzunligi va diametrining nisbati hoh u koinot miqyosidagi ulkan aylana, masalan biror osmon jismi orbitasi bo’lsin , yoki aksincha ko’zimiz o’rganib qolgan odatiy narsalar, masalan avtomobil g’ildiragi , yoki kompyuter DVD disklari bo’lsin doimo bir xil sonni beradi, ya’ni

4-o’quvchi: Hisob-kitob ilmini, O’rgat matematika

“Qo’sh, ayir, bo’l, ko’paytir” Oddiy arifmetika.

5-o’quvchi: Raqamni bir-bir sanab, O’rgan amal tartibin.

Qiziqarli ifoda va tenglamalar tuzgin.

1-o’quvchi: Ko’paytirish jadvalin       Ikkilanmasdan yodla,

O’lchov birliklarini , yoddan aytgin barilla

2-o’quvchi: Chizgin chiziq va kesma, Perimetr yuza top,

Gorizontal, vertical, Bunda barcha so’z noyob.

3-o’quvchi: Birlar, o’nlar va yuzlar, Ko’p xonali sonlar bil

Sodda qiyin masala, Yechishga to’pla aql

2-boshlovchi: Endi navbat 1-shart bo’yicha 9-“D” sinfining Al-Farobiy guruhiga

1-o’quvchi: Bizning guruh: “Al-Farobiy”

2-o’quvchi: Bizning shior: Intilganga tole yor, yo’limizda muvaffaqiyatlar bor!

3-o’quvchi: Bizning maqsad: Buyuk olimlar ruhin etib shod, ular xazinasin bir-bir etib yod.

4-o’quvchi: Farobiy uning taxallusi bo’lib, to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon-jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim.

5-o’quvchi: O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog;liq. Farobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab dunyoga tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug’lanib, “ al-Muallim, as-Soniy”-“ikkinchi muallim” Aristoteldan keyin, “Sharq arastusi “ deb yuritilgan.

1-o’quvchi: Farobiy turkey qabilalarda bo’lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg’og’idagi Farob-o’tror degan joyda tug’ilgan. U tug’ilgan hudud Somoniylartomonidan boshqarilib arab xalifaligining shimoliychegarasi hisoblangan. Farobiy boshlang’ich ma’lumotini ona yurtida oldi.

4-o’quvchi: So’ng Toshkent, Buxoro, Samarqandda o’qidi. Keyinroq o’z ma’lumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi bo’lgan bo’g’dodga keldi.

Farobiy 949-950-yillarda Misrda, so’ng Damashqda yashab, bu yerdavafot etgan va “ Bob as sag’ir” qabristoniga dafn qilingan deyiladi. Farobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 da n ortiq asar yaratgan.

2-o’quvchi: Farobiy qadimgi yunon mutafakirlari Platon, Aristotel, Evklid, Pitolomey porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa Aristotel asarlari(“metfizika”, etika, ritorika, sofistika) larni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarni ko’rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yarATGAN.

3-O’QUVCHI: Farobiyning ilmiy me’rosi, umuman , o’rta asr sharqining madaniy-ma’naviy hayotidan tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalarida juda boy ma’lumot beradi. Mutaffakkir o’z asarlarini o’sha davrda sharq mamalakatlarida ilmiy adabiy til hisoblangan arabtilida yozadi. Farobiy shuningdek arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi she’rlar ham yozgan.

4-o’quvchi: Farobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga, keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan. So’nggi asrlarda ko’chirilgan nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxona va muasasasalarida saqlanadi. Shu narsa diqqatga sazovorki Farobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni vazifasidan kelib chiqib to’g’ri farqlagan. Uning talqinicha matematika tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitishuchun xizmat qilsa, grammatika va mantiq , sheriyat kabi ilmlar fanlardan to’g’ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to’g’ri tushuntirish ya’ni aqliy tarbiya uchun xizmat qilgan.

5-o’quvchi: siyosat, axloq, ta’lim tarbiyaga oid bilimlar esa kishilarning jamoalarga birlashuvini, ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarini o’rgatadi. Farobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. Bunday fanlarni u real narsalar haqidagi ilmlar deb ataydi.

1-o’quvchi: U yunon tabiatshunoslari Evklid, Pitolomey, Gollin kitoblariga yozgan sharhlarida o’zining geometriyaga oid kitobidaantik dunyo, o’rta asr matematik g’oyalarining yirik bilimdoni sifatida maydonga chiqdi. Matematikaning bir qancha murakkab kategoriyalarini va mavhum tushunchalarini ilmiy nuqtai nazardan hal etish yo’llarini qidirdi, xususan son haqidagi ehtimolllik nazariyasi to’g’risidagi g’oyalarni boyitdi.

2-o’quvchi: Borliqning kelib chiqishi haqida Farobiy ta’limotida – mavjudot 4 unsur tuproq, suv havo, olovdan tashkil topadi; Osmon jimlari ham shuunsurlarning birikuvidan vijudga keladi. Moddiy jinslarning o’zarofarq qilishiga sabab, ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha bo’lishidir deb tushuntiradi.

3-o’quvchi: Ming yillar basharga ko’makdosh dastyor

Ajdodlar mushkulin oson etgan fan

Tabiat sirlarin kashf etar bisyor

Yetti iqlimda teng tanlamas vatan

4-o’quvchi: Me’moriylikda bilsang usiz ko’p qiyin

Agronomlar uchun dasturulamal

Texnik fanlar ichra o’rindir tayin

Injener har ishdaqiladi amal

5-o’quvchi: Koinot safariusiz xom xayol

Ayitng bu xislatlar qaysi fanda bor

Do’stlar bundayin xislatga ega

Yagona fan erur – Matematika

1-o’quvchisi: Matematika bilan hamroh bo’ling doimo

Matematika kerak har bir o’g’il va qizga

Aqlini va fikrini solidi yaxshi izga

2-o’quvchi: Bu fan bizning do’stimiz mo’jizalar makoni

Inoq bo’lib o’ssa kim ortar ilmi imkoni

1-boshlovchi: Endigi navbatni 1-shart bo’yicha 9-“E” sinfning “ Ahmad-Farg’oniy guruhiga

1-o’quvchi: Bizning guruh “Ahmad-Farg’oniy”

2-o’quvchi: Bizning shior: Kuch bilim va tafakkurda, uni egallash o’z qo’limizda!

3-o’quvchi: Bizning maqsad:

Mustaqil ona yurtimizning allomalarini behad hurmat qilib, ularning boy ilm xazinalarini o’rganishdir.

4-o’quvchi: Al-Farg’oniy (798-865) o’rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom , matematik va geografdir. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Farg’oniydir. U sharqda “Hosib” (matematik) degan laqab olgan. Farg’oniy 798-yilda Farg’ona vodiysining Qubo( Quva) qishlog’ida tug’ilgan.

5-o’quvchi: Ilm yo’lida Bag’dodga kelib qoladi va shu yerda yashaydi. U yerda Markaziy Osiyolik vatandoshlari Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Said Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar bilan birgalikda murakkab chet tili tushunchalarini aynan ifodalaydigan arab terminologiyasini yaratadi.

1-o’quvchi: Ahmad Farg’oniy rahbarligida qurilgan Bag’dod rasadxonasida ko’pgina kashfiyotlar qildi, 812 yilgi quyosh tutilishini oldindan hisobladi, yerning dumaloqligini isbotladi. U xalifa Mutavvakkil zamonida Nil daryosi suvi sathini o’lchaydigan yangi asbob “miqyos an-Nili” nilometrni yaratdi.

2-o’quvchi: Farg’oniyning asosiy astronomic asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum “ kitobidir. Bu kitob XII asrda Yevropada lotin tiliga tarjima ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilinganidan so’ng uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida G’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi  shu asrlar davomida Yevropa universitetlarida astranomiyadan asosiy darslik vazifasini o’tadi.

3-o’quvchi: Hozirgi kunda Farg’oniyning sakkiz asari ma’lum bo’lib, ularning hammasi astranomiyaga aloqador.  Uning qo’lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. “Asturlob yasash haqida kitob”-qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va tehron kutubxonalarida saqlanadi.

4-o’quvchi: Farg’oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va G’arbda mashhurdir. O’rta asrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojiga ulkanhissa qo’shgan olim  sifatida manbalarda, so’nggi G’arb va SHarq mualliflari asarlarida g’urur va iftixor  bilan tilga olinadi va o’rganiladi.

5-o’quvchi: Hamma vaqt insonga eng kerakli fan

Algebradan avval kelgan dunyoga

Nil bo’yida ilk bor panohin topgan

Darkor bo’lgan Firavn ehromlarida

1-o’quvchi: Aksioma kiritib yozgach Evklid

Salmoqli fan bo’lib kelgan dunyoga

Aytingiz ushbu fan ne deb atalar

Aytilgan topishmoq barcha shartiga

Beshak mos keladi ilmu Handasa

2-o’quvchi: Riyoziyot ilmin tarixi uzoq

Bashar tarixiga tengdir ehtimol

Riyoziyot ilmin o’rganib shu choq

Basharning o’zi ham bo’lgan ehtimol

3-o’quvchi: Riyoziyot ilmi barcha uchun teng

Halol xizmat qilar barcha millatga

Riyoziyot ilmin bilib olgach keng

Zarba berish mumkin turli  illatga

4-o’quvchi: Yashayapmiz texnika asrida

Turli jabhalarda ketganmiz olg’a

Riyoziyot bois bunga aslida

Riyoziyot ilmi hamisha darg’a

2-boshlovchi: Matematika fan sifatida hech qachon bir yerda to’xtab qolgan emas. Hayot, tajriba, rivojlanayotgan texnika va boshqa fanlar uning oldida tobora oldiga yangi vazifalar qo’ymoqda. Ularni yechish uchun eski bilimlar kamlik qiladi, shuning uchun matematik olimlar yangi usullarni kashf etishlari , yangi nazariyalarni yaratishlariga to’g’ri keladi.

1-boshlovchi: Endi navbat 2-shartga. Har bir guruhga 15 tadan savol beriladi, hakamlarimiz javoblarni baholab boradilar.

Matematik viktorina savollari.

1.Algebra so’zi qaysi so’zdan olingan?

-al-jabr

2.Birinchi bosqich amallariga qaysi amallar kiradi?

-qo’shish va  ayirish

  1. Algebraga harfiy simvolikani kiritishni taklif qilgan fransuz matematigi kim?

-Fransua Viyet

  1. Noma’lum son qatnashgan tenglik nima deyiladi?

-tenglama

  1. Noma’lumning shu tenglamani to’g’ri tenglikka aylantiradigan qiymati nima deyiladi?

-tenglama ildizi

  1. Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarni yechish usullarini birinchi bo’lib fanga kim kiritgan?

-Al-Xorazmiy

  1. Har biri aga teng bo’lgan n ta ko’paytuvchilar ko’paytmasiga nima deyiladi?

-daraja

  1. a*10n ko’paytma sonning nimasi deyiladi?

-sonni standart shakli

  1. Natural ko’rsatkichli darajaning nechta xossasi bor?

-5 ta

  1. Son va harflar ko’paytmasidan iborat algebraic ifoda nima deyiladi?

-birhad yoki algebraic ifoda

  1. Faqat koeffitsenti bilan farq qiluvchi birhadlar nima deyiladi?

-o’xshash hadlar

  1. Geometriya fani necha qismdan iborat?

-2 ta

  1. Uchburchakning asosiy elementlariga nimalar kiradi?

-tomonlari va burchaklari

  1. Bir tekislikdagi kesishmaydigan to’g’ri chiziqlar qanday chiziqlar deyiladi?

-parallel

  1. “Trigonometriya” so’zining ma’nosi

-“Trigonometriya” yunoncha so’z bo’lib “uchburchaklarni o’lchayman” degan ma’noni bildiradi.

  1. Birlik aylana deb nimaga aytiladi.

-Markazi koordinata boshida , radiusi 1 ga teng bo’lgan aylanaga

  1. Boshlang’ich nuqta deb nimaga aytiladi?

-koordinatasi (1;0) bo’lgan nuqtaga aytiladi.

  1. Musbat yo’nalish deganda nimani tushunasiz?

-soat strelkasiga teskari yo’nalish

  1. Burchakning o’lchov birligini ayting

-gradus, radian

  1. 1 radian necha gradusga teng

-taqriban 57,30 ga teng

  1. Radiandan gradusga qanday o’tiladi?

-Burchakni α ga ko’paytirish orqali

  1. 3600 necha radian

     3600=2π

  1. Burchak qanday asbobda o’lchanadi.

     -transportrda

  1. Manfiy yo’nalishni tushuntiring.

-soat strelkasi bo’yicha yo’nalish manfiy yo’nalish deyiladi.

25.To’g’ri burchakli uchburchakda o’tkir burchak qarshisidagi katetning gipotenuzasiga nisbati nima deyiladi?

-o’tkir burchak sinusi

26.Burchak sinusi qanday o’q bilan aniqlanadi

-burchak sinusi oy o’q bilan aniqlanadi.

27.To’g’ri burchakli uchburchakda o’tkir burchakka yopishgan katetning gipotenuzaga nisbati nima deyiladi

-o’tkir burchak kosinusi

28.Har qanday sonning birinchi darajasi nimaga teng?

— sonning o’ziga

29.Burchakning cosinusi deb qaysi o’q bilan aniqlanadi

-ox o’qi bilan aniqlanadi

30.To’g’ri burchakli uchburchakda o’tkir burchak qarshisidagi katetning yopishgan katetga nisbati nima deyiladi.

-o’tkir burchak tangensi

31.To’g’ri burchakli uchburchakda o’tkir burchakka yopishgan katetning qarshisidagi katetga nisbati nimaga teng

-o’tkir burchak kotangensi

32.2017-yil qanday nomlangan edi.

-xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

33.Bu yil Al-Xorazmiy tavalludining necha yilligi nishonlanadi.

-1236 yilligi

  1. 3π necha gradusga teng?

-5400 ga teng

35.Fevral oyida qanday muhim sanalar nishonlanadi

— matematika fan oyligi, A Navoiy va Boburning tavallud kunlari

36.Har qanday sonning nolinchi darajasi nimaga teng?

— 1 ga teng

37.Uchburchak so’zining inglizcha atamasi?

-traingi

  1. Asosiy trigonometric ayniyatni toping

-sin2x+cos2x=1

39.Tangensni formulasini toping

— sinusni cosinusga nisbati

40.Nuqta aylana atrofida to’liq bir marta aylanib chiqsa qancha masofani bosib o’tadi?

-3600 yoki 2π

41.y=k/x funksiya grafigi nimadan iborat

-giperboladan

42.Butun ko’rsatkichli darajaning nechta xossasi bor?

-5 ta

43.Ratsional son deb qanday songa aytiladi?

-kasr

44.O’xshash ko’pburchaklar yuzalar nisbati nimaga teng?

-o’xshashlik koeffitsenti kvadratiga

45.Tangens va cotangens ko’paytmasi nimaga teng

-1 ga teng

2-boshlovchi: Mana 2-shartni ham yakunladik. Hozirgi vaqtda ko’plab murakkab matematik hisoblarni inson o’rniga mashinalar bajarmoqda. Matematika ob-havoni oldindan aytib berish, ko’priklarni texnik imkoniyatlarini, binolarning gumbazlarini, yo’ldoshlarning orbitalarini, hisoblab chiqishga yordam bermoqda.

1-boshlovchi: Endi matematikaga oddiygina ta’rif beradigan bo’lsak, matematika- raqamlar va shakllar haqidagi fan , ilmiy qilib aytadigan bo’lsak, matematika sonli munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fandir.

2-boshlovchi: Matematika shartli ravishda uch qismga bo’linadi.elementar matematika, oliy matematika va amaliy matematikaga bo’linadi. Elementar matematikaning o’zi biz maktabda o’rganadigan arifmetika, algebra va geometriya, trigonometriya kabi bo’limlardan iborat.

1-boshlovchi: 2-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

2-boshlovchi:Ana endi 3-shartga ham keldik. Bu shartda” o’yla izla top “ o’yinini o’ynaymiz. Har bir guruhga  ayni bir qiziqarli jumboqni yechib berish buyuriladi..

Quyida 10 ta tangadan uchi  pastga qaragan  uchburchak yasalgan. Faqatgina uch tangani joyini o’zgartirgan holda uchburchakni uchini yuqoriga qarating.

Javob:

1-boshlovchi: 3-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga bersak

2-boshlovchi: Maktab o’quvchisi oladigan ma’lumot va malakalar matematikaning alifbosi xolos. Biroq maktabda olingan matematik bilimlar arifmetika, algebra va geometriya orqali qudratli va qiziqarli matematika fanining ulkan, deyarli ko’z ilg’amas sohalari sari boriladi.

1-boshlovchi: Har misolni yechmoqqa, sen doimo tirishgin

Eplolmasang ilk marta, yana takror kirishgin.

2-boshlovchi: Endi navbat 4-shartga. Bu shartda “Davom Ettir “ o’yini o’ynaladi. Har bir guruh trigonometrik ayniyatlarni  davom ettirishlari kerak bo’ladi.

+ =

1+ =

1+ =

tgα ctgα=

=

=

1-boshlovchi: Keling matematika tarixiga bir nazar tashlaylik. Matematika yunoncha so’z bo’lib mathematike-bilim fan degan ma’noni bildiradi.Matematika aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki tushuncha sanoq bo’lgani uchun ko’pincha unga hisob-kitob haqidagi fan deb qaralgan.

2-boshlovchi: Bugungi matematikada hisoblashlar,hatto formulalar ustida amallar, juda kichik o’rin egallaydi. Matematika eng qadimiy fan sohasi bo’lib, uzoq rivojlanish tarixini bosib o’tgan.va buning barobarida matematika nima? Degan savolga javob ham o’zgarib, chuqurlashib borgan.

1-boshlovchi: 4-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

2-boshlovchi: Ana 5 –shartga ham yetib keldik. Bu shart “Trigonometriyani bilasizmi? Zanjir o’yini bo’lib , bu shartda uchala guruh a’zolari ba’zi burchaklarning sinusi, cosinusi, tangensi va cotangensi qiymatlarini zanjirni uzmasdan yozish talab etiladi.Zanjir uzilsa yoki noto’g’ri qiymat yozilsa shu guruh yutqazgan hisoblanadi.

1-boshlovchi: 5-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

2-boshlovchi: Bir podshoh o’zining saroy maslahatchisiga shunday debdi. Dunyoda eng zo’r narsa nima? Saroy maslahatchisi hech ikkilanmay kitob deb javob beribdi. Chunki kitob bilim beradi, dunyodagi eng qudratli narsa esa bilimdir.Bilimli kishi yengilmasdir. Shunday ekankeling  kitob bilan do’stlashaylik.

2-boshlovchi: Ana 6-shartga ham yetib keldik. Bu shart “Sardorlar bellashuvi”  deb nomlanib ularga kim ko’p formula yozish bo’yicha bellashadilar. Navbat sardorlarga.

1-boshlovchi: sardorlar bellashuvi sharti bo’yicha natijalarni e’lon qilish uchun navbatni hakamlarga beramiz.

2-boshlovchi: Va nihoyat 7-shartga ham yetib keldik. Bu shartimizda o’quvchilar o’zlari yaratgan  matematik sayyoralarini va guruh emblemalarini  namoyish etadilar.

1-boshlovchi: Hakamlarimiz 7-shartni va yakuniy baholarni e’lon qilgunlariga qadar biz zaldagi o’quvchilar bilan “Tug’ilgan kunni topish o’yinini o’ynaymiz. Bu o’yin quyidagi shartlardan iborat.

2-boshlovchi:

1-tug’ilgan kuningizga 2 ni qo’shing

2-yig’indini 4 ga ko’paytiring

3-ko’paytmadan 8 ni airing

4-natijani ayting ( natijani 4 ga bo’linsa, tug’ilgan kun sanasi hosil bo’ladi. )

1-boshlovchi: Mana bellashuvimiz o’z yakuniga yetmoqda. Har bir guruhni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

2-boshlovchi: Buyuk matematikbo’lib yetishsak

Barcha savollarga javob izlaymiz

Olam sirlarini yechamiz albat

Ilmu marifatdabo’lmoq istaymiz!

Bizni vatan kutar buyuk kelajak

Yurtimiz kasb-koriga yaraymiz albat!

1-boshlovchi:Shuning bilan bugungi bellashuvimiz nihoyasiga yetdi. Bu bilan siz ozginabo’lsa ham matematika fani sirlaridan ogoh bo’lgan bo’lsangiz o’zimizni baxtiyor sanaymiz.

2-boshlovchi: Bellashuvimiz orqali buyuk bobolarimiz ruhini shod aylagan bo’lsak behad xursandmiz.

1-boshlovchi:Muallim olamning yoniq chirog’i

Muallim so’zlari yorug’ bulog’i

Muallim qalblarda faxr va g’urur

Muallim ko’zlarda porloq toza nur

2-boshlovchi: Muallim shogirdlar qalbida mehmon

Muallim bolalik taxtida sulton

Muallim dunyoning yuragi go’yo

Muallim ilmidan yasharar dunyo

1-boshlovchi:  Hozir so’zni maktabimiz direktori jonkuyar ustozimiz hurmatli Ro’ziyeva Nasiba Jumayevnaga beramiz.

 

 

Добавить комментарий