Oybek bolaligining o’chmas onlari.

 

Ko`rimsizgina hovlining pastakgina ayvonchasida  opam Gulnor

Lutfiy G`azallarining to`plamini mutolaa qilib turardi, deb domla Oybek  o`z hikoyasini boshlaydi. Yoshligimdan buvamning tarbiyasini olganman. Dadam uzoq cho`llarda attorlik bilan tirikchilik qilish maqsadida haftalab , hatto oylab ketganlaridan, ro`zg`orning barcha og`ir yengili birgina mushtupar onamning bo`ynida qolgan edi.

Onaizorim ertadan kechgacha rozg`or yumushini deb, bizlarga vaqt ajrata olmaganidan , ukam olti oyligida kasalga chalinib qoldi. Bu vaqtda men endigina olti yoshga qadam qo`ygan edim. Bir kuni ertalad soat to`qqizlarda uyg`onsam, onam hovlimizdagi eski tutning ostida dod faryod solib yig`lar , buvim bo`lsa goh uni koyir , goh yupatmoqchi bo`lib dalda bo`lar edi . Nima bolayotganini bilmay ayvonda ne ko`z bilan ko`rayki, ukam yuzlari oppoq uxlagandek, opam Gulnor esa uning boshida yum, yum yig`lar edi. Ukamning o`lganini  faximlab yig`lab ko`chaga chiqib ketdim.

Onam bir necha hafta o`zlariga kelolmay yig`lab ,siqilib yurdilar.Bir necha kundan so`ng otam safardan qaytib keldilar,barchasi go`yo o`z iziga tushib ketgandek bo`ldi .

Keyingi yil men maktabga chiqdim . Hali ham yodimda ertasi kuni maktab borishim kerak ,lekin oyog`imda kiyimim yo`q edi. kun uzun yig`laganimdanmi onamlarning rahmlari kelib,qayoqqadir chiqib ketdilar.Oradan bir necha soat o`tgach qo`llarida yangi maxsi bilan kirib keldilar.Keyinchalik bilsam buvam onamning otalari ,darvoqe u kishi maxsido`z edilar , qiyiqlardan tikib bergan ekanlar.Bu maxsi menga olam, olam quvonch olib kelgan edi, nimagaki bu mening hayotimdagi birinchi yangi oyoq kiyim edi. Oybek domlaning armonli o’tmishini ko’zdan kechirar ekanman bugungi kunlarda shukrona qilib yashamaslikning o’zi bir gunohdir.Katta qizim E’zoza shu bu yil maktabga chiqadi,men hali unga birorta daftar uyoqda tursin ruchka ham olganim yo’q.Bir kuni qizim -,,menga daftar,ruchka olib bermaysizmi deb qoldi. Men qizimga ,,Qizim har yili maktabga ilk qadam qo’ygan birinchi sinflarga ,,Prezident sovg’alari’’ bor, unda kitob,daftar,ruchkadan tortib barcha o’quv qurollari bepul beriladi’’ dedim. Bu yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning eng oddiysidir.12-yillik bepul ta’lim, iqtidorli yoshlarni rag’batlantiruvchi tashkilotlarning tashkil etilishi, turli sport to’garaklarining bepul tashkil etilganligi, Iqtidorli qizlarimiz uchun ,,Zulfiyaxonim qizlari’’davlat mukofoti,yoshlarni qo’llab quvvatlovchi ,,Kamolot’’ijtimoiy harakatining faoliyat olib borayotganligi, yuzlab sport seksiyalari,kutubxonalar, musqa maktablari, madaniyat markazlari tashkil etilganligi Oybek domla davrida yashagan yoshlarimizning armonli orzulari bo’lgan desam adashmayman. Domla xotiralarida ,,Buvamning ortlaridan chopalab yurardim ko’chamizda, muyilishda, odam serqatnov joyda masjid bo’lib, yonida kattakon hovuz joylashgan edi, hovuz oldida erta pishar handalak sotar edi, buvamga shu handalakdan olib berishlarini so’rab xira pashshadek osilar edim. Sharoit og’irligidanmi,pul yo’qligi sababli olib bermas edilar’’. Serquyosh o’lkamizda yetishgan ushbu ne’matning tanqis bo’lishiga sabab,mustamlakachi hukumat hatto odamlarning tomarqalarigacha paxta yetishtirishni davlat siyosati darajasiga ko’targan bo’lib, mahalliy aholiga g’alla, poliz, sabzavot ekinlarini yetishtirish ta’qiqlangan.ushbu xotiralarni o’qir ekanman,ko’z oldimga bugungi kun, O’zbekistonning to’kin bozorlari keldi.’’Bir kun ishdan qaytishiga bozorga kirgim keldi, yonimda 15000 so’m pul qolgan ekan, 2000 somga 2 kg piyoz,4000-so’mga 2 kg olma,kartoshka, qovoq, uzum olar ekanman,qalbimdan ‘’Yurtimizda hamma narsa to’kin sochin, yilning to’rt faslida ham bozorlarimizda mevalar to’kin sochin,ham arzon narxdaligini korib, ham ko’zim, ham qalbim quvondi. Shu on ey yaratgan faqat tinchlik bo’lsa bas,degan so’zlar xayolimdan o’tdi.

Yurtimizga ko’z tegmasin, tinchligimiz abadiy bo’lsin.

 

 

 

 

Добавить комментарий