O’quvchilar ijodidan

        Buyuk   ajdodlar

O`tmishda   yuz   bergan   qanchadan-qancha,

Qonli    urushlar-u   ko`p   talofatlar.

Mehr-shafqat   esa   bo`lmas   zarracha,

Ayovsiz   qiynardi   xalqni    ofatlar.

Bunda   halok   bo`lgan   minglab   o`g`lonlar,

Halol,   vatanparvar   buyuk   ajdodlar.

Tug`ilgan   tuprog`in   sevib   chin   dildan,

Vatan   uchun,   hatto,   kechar   jonidan.

Ulug`bek-u   Bobur    hamda    Navoiy,

Yashaydi    dunyoda    umrbod,   boqiy.

Добавить комментарий