Matematika fani o’qituvchisi Amanova Gulshodaning 7-sinf algebra fanidan “Kvadratlar ayirmasi formulasi” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi

 

DARSNING BLOK SXEMASI:

Dars bosqichlari Ajratilgan vaqt
1 Tashkiliy qism 3-daqiqa
2 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 8-daqiqa
3 Yangi mavzu bayoni “Guruhlar bilan ishlash” 20-daqiqa
4 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10-daqiqa
5 Darsni yakunlash 2-daqiqa
6 Uyga vazifa 2-daqiqa

 

 

Mavzu Kvadratlar ayirmasi
Maqsadvavazifalar  Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga Kvadratlar ayirmasi    mavzusini  o’rgatish ,o’quvchilarga   mavzu   asosida  bilim   va ko’nikmalarini  rivojlantirish   , misollar  yechish   jarayonida  qo’llay  olishini   nazorat  qilish

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni milliy istiqlol g’oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad:  O’quvchilarning manfiy va musbat sonlarni taqqoslashga doir o’quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish.

 

O’quv jarayoning mazmuni Vazifalar: o’quvchilarda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish.

Guruhlar ishi orqali amallar bajarishni mustahkamlaydilar. Kvadratlar ayirmasi orqali mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklarini nazorat qilish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub: guruh bilan ishlash.

Shakl : savol -javob, jamoa, taqdimot.

Vosita:Darslik,guruhlar uchun topshiriqlar yozilgan jadvallar.

Usul: guruhlar ishi.

Nazorat: O’z- o’zini nazorat qila olish

Baholash:besh ballik tizim asosida, rag’batlantirish

Kutiladigan natijalar O’qituvchi: belgilangan vaqt ichida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish. Guruhda iqtisodiy muammolarni yechish orqali mavzuni o’zlashtirish.

O’quvchi: Kvadratlar ayirmasi doir  malakasini oshiradilar. Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo’ladilar, o’z fikrini himoya qila olish, ustivor fikrni aniqlash malakalarini rivojlantiradi, qaror chiqarish, ko’nikmalarini rivojlantiradilar, mantiqiy fikrlaydilar.

Kelgusi rejalar (tahlil va o’zgarishlar) O’qituvchi:Yangi pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etadi va o’z ustida ishlaydi. Mavzularni hayotga bog’lashni o’rganadilar.

O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrni tahlil qilib bir qarorga kelish ko’nikmasini hosil qiladi.

 

  1. Mavzu: Kvadratlar ayirmasi formulasi.
  2. Maqsad:
  3. Ta’limiy maqsad: o’quvchilarda DTS asosida qisqa ko’paytirish formulalaridan bo’lgan kvadratlar ayirmasi formulasi mavzusi bo’yicha BKMlar hosil qilish va misollar yordamida mustahkamlash;

Bilimlar:   o’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari haqida bilimlar hosil qilish; O’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini keltirib chiqarishni o’zlashtirish;

Ko’nikmalar: O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish; O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalarini misollarga tadbiq qilish ko’nikmasini hosil qilish

Malaka: O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari malakalrini hosil qilish;

O’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini ifodalarini soddalashtirishda,  hisoblashlarda foydalanish malakasini hosil qilish.

  1. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, fan va sport to’garaklariga jalb qilish, darsdan so’ng o’zlari yoqtirgan kasblari bo’yicha shogirdlik tushush bo’yicha tarbiyalar berib borish.

3        Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarda “Vaqt-g’animat”, “Vaqting ketti – naqting ketti”  maqollar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.

  • Darsning turi: Noan’anaviy.
  1. Darsning uslubi: interfaol
  2. Darsning jihozi: Darslik, formulalar, tarqatma materiallar, krossvordlar.
  3. Darsning borishi:
  4. Tashkiliyqism: o’quvchilar bilan salomlashish. O’quvchilar davomatini aniqlash, uy vazifalarini tekshirish.
  5. O’tilgan mavzularni takrorlash uchun savollar:
  6. Birhad va ko’phad deb nimaga aytiladi?
  7. Umumiy ko’paytuvchi deb nimaga aytiladi?
  8. Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish deganda nimani tushunasiz?
  9. Guruhlash usuli nima?
  10. Yig’indini kvadrati formulasini
  11. Ayirmaning kvadrati  formulasini

Darsni tashkil etishda o’qituvchi o’quvchilarni o’ziga jalb qilish uchun yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar, eng so’ngi yangiliklar,  buyuk allomalarimirimizning matematika faniga qo’shgan hissalari,  asarlari,  matematika fani bilan boshqa fanlar o’rtasidagi aloqa, o’quvchilar tanlaydigan kasb-hunarlarda matematika fanining ahamiyati haqidagi tushunchalarini oquvchilardan so’rash va o’zi mustahkamlashi mumkin.

O’tilgan mavzularni takrorlashda o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi tarqatma materiallaridan  krossvordlardan foydalanib, o’quvchilar bilimlarini baholashi mumkin. Bunda tarqatma materiallarni ikki qismga ajratib yarmiga savol yoki misollar formulalar yozish mumkin. Qolgan yarmiga o’quvchilar  javob  yozadilar.

 

Birhad deb nimaga aytiladi?

 

Ko’phad deb nimaga aytiladi?

 

 

Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish nima?
 

ax+bx-cx-dx=?

 

 

 

Yig’indining kvadrati formulasini yozing.

 

Ayirmaning kvadrati formulasini yozing.

 

Dars davomida quyidagi formulalardan foydalanish  mumkin:

(a+b)2=a2+2ab+b2
(a+b)2=a2-2ab+b2

 

 

 

 

 

 

 

O’quvchilarni dars davomida zeriktirmas likuchun krossvordlardan ham foydalanish mumkin:

1 Hamma tomoni teng bo’lgan to’rtburchak.

  • Butun son.
  • Burchak o’lchov birligi.
  • Ikki nuqta orasidagi masofa.
  • I kki nur kesishishidan hosi lbo’lgan shakl.
  •  Ikki to’g’ri chiziqning  o’zaro

7       Noma’lum son qatnashgan tenglik.

 

 

 

 

1. A
2. L
3. G
4. K E S M A
5. B
6. R
7. A

 

 

Matematik terminlarni yozing.

M
A
T
E
M
A
T
I
K
A

Yangi  mavzuni  bayoni:

Masala.  Tomonining  uzunligi a ga teng bo’lgan  kvadratdan tomonining uzunligi b ga teng teng bo’lgan kvadratni qirqib olinsa, qolgan shaklning yuzini toping. Yechish:

a
a-b S1 a-b
a-b b
S2

 

 

Sa=a2,  Sb=b2

S1=a(a-b);    S2=b(a-b);

Sa-Sb=S1+S2

a2-b2=a(a-b)+b(a-b)=(a-b)(a+b)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Masalan. Tomononing uzunligi 7 bo’lgan kvadratdan tomonining uzunligi 5 ga teng bo’lgan kvadrat qirqib olindi. Qolgan shaklning yuzasini  toping.

Yechish:         72-52=7(7-5) +5(7-5) = (7-5)(7+5) = 24  Javob: 24

Ikki sonni yig’indisini ularning ayirmasiga ko’paytiramiz:

(1)

Yani:

(2)

Ikki son kvadratlarining ayirmasi shu sonlar ayirmasi bilan ular yig’indisining ko’paytmasiga teng.

 

  • formulani ham qisqa ko’paytirish formulasi deyiladi. Uni hisoblashlari soddalashtirish uchun qo’llaniladi.

Masalan:

  • 63∙57=(60+3)(60-3)=3600-9=3591
  • 98∙102=(100+2)(100-2)=10000-4=9996

 

  • Tenglikni kvadratlar ayirmasi formulasi deyiladi. U ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratishda qo’llaniladi.

Masalan:

  • a2-9=(a-3)(a+3);
  • 4b4-0.64c2=(2b2)2-(0.8c)2=(2b2-0.8c)(2b2+0.8c);

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar:

(1) formuladan foydalanib,  ko’paytirishni  bajaring (386 – 392):

  1. 1) 4)

2)            5)

3)                       6)

 

  1. 1) 4)

2)                        5)

3)                       6)

 

  1. 1) 3)

2)                             4)

 

  1. 1) 3)

2)                        4)

 

  1. 1) 3)

2)                           4)

 

  1. 1) 3)

2)                4)

 

 

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Kavadratlar ayirmasi formulasini keltirib chiqaring.
  2. Ifodalarni soddalashtirishda qisqa ko’paytirish formulalari qanday qo’llaniladi?
  3. Qisqa ko’paytirish formulalaridan yozing.

O’quvchilarni baholash:

             Uyga vazifa:            390-392–mashqlar

 

Добавить комментарий