5

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish” Davlat umummilliy dasturi asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Navoiy viloyati Uchquduq shahridagi “Cho‘l guli” kichik tumanida 2007 yilda 630 o‘ringa mo‘ljallangan 30-maktab (hozirgi 20-maktab) yangidan kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Mustaqillik bayramining 16 yilligi arafasida 2007 yilning 30 avgust kuni maktabning ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Ushbu maktabga Ro‘ziyeva Nasiba Jumayevna direktor etib tayinlandi va maktab rahbari tomonidan maktabni jihozlash, moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Ruziyeva

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1-martdagi “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 52-sonli, viloyat hokimligining 2011 yil 5 martdagi Q-54-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 5 martdagi 41-sonli buyrug‘i, tuman hokimining 2011 yil 10 martdagi 54-Q sonli qarori, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2011 yil 23 martdagi 75-sonli buyrug‘i, Uchquduq tuman XTMFMTTEBning 2011 yil 20 iyundagi 01-617/1-sonli xatiga asosan 2011 yildan boshlab 30- maktab 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi deb yuritila boshladi.

Рисунок7

Tumandagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablardan o‘qituvchi va o‘quvchilar buyruq asosida mazkur maktabga ko‘chirildi. Turli muhit tarbiyasiga o‘rgangan jamoani birdamlikda ishlashga da’vat etish maktab raxbariyatiga oson bo‘lmadi, albatta. Maktab jamoasi o‘rtasida kamtarinlik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat-izzat singari sifatlarning shior qilib olinishi natijasida maktabda sog‘lom muhit yuzaga keldi va ishlar tizimli yo‘lga qo‘yildi. Maktab direktorining sa’y-harakatlari va tashabbusi bilan qisqa muddat ichida maktab, maktabdagi barcha sinflar, boshlang‘ich sinf xonalari, laboratoriya va kompyuter xonalari, faollar zali, kutubxona, sport zallari “Jahon banki” va “El xolding” kompaniyasi tomonidan berilgan jihozlar bilan jixozlandi.

Рисунок6Рисунок5

Рисунок21Рисунок10

Ta’lim muassasasida hozirgi kunda 89 nafar pedagog xodimlar 1340 nafar o‘quvchilarga zamon talabiga mos innovatsion texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim berib, milliy qadriyatlarni yosh avlod qalbiga jo qilgan holda, ona-Vatanga sadoqatli, shunday tinch va osoyishta kunlarda yashayotganligimizga shukronalik ruhida tarbiyalab kelmoqdalar. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2 navbatlilik asosida olib boriladi. Ta’lim muassasasida jami 43 ta sinf mavjud bo‘lib, ularning 19 tasida yuqori (5-9-sinflar) sinf o‘quvchilari 1-smenada o‘qitiladi. 24 tasi esa boshlang‘ich (1-4-sinflar) sinflar bo‘lib, o‘quvchilar soniga nisbatan sinf xonalari soni kamligi sababli boshlang‘ich sinflardan 12 tasi 2-smenada o‘qitiladi. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari soat 8:30 da boshlanib, darslar 45 minutdan o‘tiladi. Pedagoglarning 81 nafari oliy ma’lumotli, 8 nafari esa bo‘lib, ularning 11 nafari 1-toifali, 52 nafari 2-toifali, 26 nafari esa yosh mutaxassislardir.

risunok6risunok4

Xalq ta’limi vazirligining “Ta’lim sifatini oshirishning tashkiliy metodik choralari to‘g‘risida”gi tavsiyasiga muvofiq maktabda “Mahorat maktablari” turkum tadbiri asosida ishlar tizimli amalga oshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga izchillik bilan tadbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida milliy dasturning 3.3-bandiga ko‘ra ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish hamda ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Navoiy pedagogika institutining “Umumiy biologiya metodikasi” kafedrasi bilan hamkorlik dasturi asosida 2013-2015 yillarda amaliy ishlar, tuman va viloyat miqyosidagi seminarlar olib borildi. Bunday hamkorlik ta’lim sifati va samaradorligining yuqori bosqichga ko‘tarilishida va maktabni salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

risunok5пак

Ta’lim-tarbiya sifatini oshirib borishda maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahorati oshayotganligi, o‘z fani bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida keng foydalanilayotganligi, o‘z malakasini doimiy ravishda oshirib borayotganligi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining “Ustoz-shogird”, “Dars muqaddas”, “O‘rgan-o‘rgat”, “Murakkab fan o‘rganaman”, “Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa”, “Puxta o‘ylangan reja samarali natija”, “Yaxshi muallim – sifatli ta’lim” kabi tavsiya va ko‘rsatmalari amaliyotga keng joriy etib kelinmoqda.

Maktabning pedagog xodimlari o‘rtasida “Ustoz-shogird ” tizimi joriy etilganligi ham pedagog kadrlar salohiyatini oshirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Tabiiyki, maktabga kelgan yosh mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha tajribali va malakali ustozlar ko‘magiga ehtiyoj sezadi. “Ustoz-shogird” maktabi esa yosh o‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirib borish yo‘lidagi samarali, o‘ziga xos tizimdir. O‘tgan o‘quv yilida 5 nafar ustoz o‘qituvchi 5 ta ta’lim yo‘nalishida yosh o‘qituvchilarga o‘z tajribalarini o‘rgatib, ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishga erishdilar.

Maktab ta’limi tizimida ta’lim sifatini yanada oshirishda Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi “Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 144-sonli buyrug‘i ijrosi asosida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada ta’lim muassasasida metodbirlashmalar hamda metodika kengashi faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2014-2015 o‘quv yilining kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillari davomida pedagog xodimlar uchun maqsadli o‘quv kurslari tashkil etilib, ularda malakali trener o‘qituvchilar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida zaruriy bo‘lgan mavzularda o‘quvlar tashkil etildi.

84

Tuman XTMFMTTEBning tavsiyalari asosida maktabda “Mahorat darslari” tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlarga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, bo‘lim xodimlari, boshqa ta’lim muassasalaridan kelgan xodimlar ishtirok etib, o‘qituvchilarning darslari tahlil qilindi. Dars tahlillari davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha pedagog xodimlarga amaliy tavsiyalar berildi, ilg‘or tajribalarning ommalashtirilishi ta’minlandi. 2013-2014 o‘quv yilida 10 nafarining pedagogik ish tajribalari maktab miqyosida, 9 nafari tuman miqyosida, 4 nafari viloyat miqyosida, 2 nafari respublika miqyosida ommalashtirildi. 2014-2015 o‘quv yilida 13 nafarining pedagogik ish tajribalari maktab miqyosida, 10 nafari tuman miqyosida, 6 nafari viloyat miqyosida ommalashtirildi. 2015-2016 o‘quv yilida 17 nafarining pedagogik ish tajribalari maktab miqyosida, 13 nafari tuman miqyosida, 9 nafari viloyat miqyosida ommalashtirildi.

12

Ta’lim muassasasida fan yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta metodbirlashma faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodbirlashmalarda yosh pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatildi, metodbirlashma rahbarlari tomonidan har oyda bir marotaba yig‘ilish o‘tkazilib, fanga oid murakkab mavzularni o‘quvchilarga oddiy usullar bilan tushuntirib, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish yo‘llari o‘rganib chiqildi.

Maktabda har o‘quv yili boshlanishi oldidan ya’ni avgust oyida o‘tgan o‘quv yili sarhisob yig‘ilishi, an’anaviy avgust kengashi o‘tkazib boriladi. Unda o‘tgan o‘quv yilida o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar haqida hisobot berilib, pedagog xodimlar taqdirlanadi. Bu yig‘ilishlar sharafli kasb egalari bo‘lmish o‘qituvchilarni boshlanayotgan o‘quv yilida bor imkoniyatlardan keng foydalanib, yanada shijoat bilan ishlashga da’vat etadi.

saflk

Maktabda o‘quv yili boshidan maktab reglamenti asosida hamda maktab pedagogika kengashining 1-sonli bayonnomasi karoriga muvofiq haftaning har bir kuni alohida nom bilan ataldi. Haftaning har dushanba kuni ertalab soat 8:00 dan 8:30 ga qadar maktabda saf yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi maktab rahbarlari sinf rahbarlari, o‘quvchilar tomonidan jonli tarzda to‘liq kuylanadi va Davlat bayrog‘i ko‘tariladi. Shundan so‘ng qaysi oyda muhim sana, bayramlar, allomalarning, buyuk ajdodlarimizning tug‘ilgan kunlari bo‘lsa, har bir sinf o‘quvchilari tomonidan bayram va tarixiy sana tarixi, unga bag‘ishlangan she’rlar, maktab rahbari tomonidan esa o‘quvchilarni odob-axloqli, ota-onaga va o‘zidan kattalarga hurmatda bo‘lishga undaydigan rivoyatlar, Muhtaram Prezidentimizning bayramlar va tarixiy sanalarda so‘zlagan nutqi o‘quvchilarga shukronalik ruhida aytib beriladi. O‘quvchilar ongiga ota-onani sevish va hurmat qilish, yomon oqimlarga kirmaslik, odob-axloq qoidalari singdirildi.

dswrisunok5