Madina Shonazarova » Vatan himoyasi» nomli she’ri

                     Vatan   himoyasi

Vatan   qiyosi   yo`q   betakror   jannat,

O`z    mehrin   hech   qachon   qilmaydi   minnat.

Bag`rikeng   zamindir   bu   go`zal   o`lka,

Jon   bersang   arziydi   shu   ona   yurtga.

Vatan   himoyasi – tinchlik    garovi,

Biz   uchun   azizdir   uning   har   yog`i.

Vatanni   yovlardan   qilar  himoya,

Tinchlikni   kuylovchi   mard   o`g`lonlari.

Nazar   tashlamasin   deydi   hech   yomon,

Yurtboshimiz   bo`lsin   hamisha   omon.

To’kis  dasturxon   ham   bo’lsin    fayzli,

Har   bir   xonadonda    tinchlik   hukmron.

Chegarada   sergak   turar  o`g`lonlar,

Vatanini   asrab,   himoya   qilar.

Chunki   uning   uchun   aziz   bu  tuproq,

Tiniq   suvi   oqar   bu   ko`hna   buloq.

Добавить комментарий