Kimyoning asosiy tushunchasi

Dars mavzusi: Kimyoning asosiy tushunchalari bobiga doir masalalar yechish

Darsning ta’limiy maqsadi:O’quvchilarda kimyoning asosiy tushunchalarini hosil qilish. O’quvchilarni kimyoning asosiy tushunchalari va ularning ahamiyati, ularga oid masalalar yechish metodikasi bilan tanishtirish

Darsning tarbiyaiy maqsadi: Kimyoning asosiy tushunchalarining ahamiyatini tushuntirish asosida o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish , tarbiya berish, mehnat ko’nikmalarini tarkib topdirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarning kimyoning asosiy tushunchalari haqidagi bilimlari, kuzatish, obyektlarni tanish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivolantirish.

Darsni jihozlash: Kimyoning asosiy tushunchalarini ifodalovchi plakat, proektor, ekran, slaydlar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yinlardan foydalanib hamkorlikda o`qitish.

Darsda qo’lqniladigan metodlar:”Rasmlarni to’g’ri joylashtir”, ”Korrekatura”, ”Bilaman,bilishni hohlayman, bilib oldim”, ”Zakovatli zukko”, ”Domino”.

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: oddiy va murakkab modda, kimyoviy element, moddaning nisbiy molekulyar massasi, kimyoviy formula, indeks, koeffisiyent, moddaning kimyoviy va fizik xossalari.

  1. Tashkiliy qism

II.Bilimlarni faollashtirish

Mashhur olim Robert Boyl davridayoq murakkab moddalarning parchalani-shidan hosil bo’ladigan, lekin o’zi yanada oddiyroq moddalarga parchalana olmaydi-gan oddiy modda kimyoviy element deb atalgan edi.

“Element” so’zi tarkibiy qism ma’nosini anglatib, oddiy va murakkab moddalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Kimyoviy element-ma’lum xossaga ega bo’lgan atomlar to’plami, ya’ni kimyoviy xossalari bir xil bo’lgan atomlar turidir. Masalan, azot atomlarning bitta turini, bitta kimyoviy element-azot elementini, xlor atomlarning boshqa turini, kimyoviy element xlorni bildiradi. Butun koinot, eng uzoq yulduzlar ham kimyoviy elementlardan tarkib topgan.

Elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlik davriy sistemada o’z aksini topgan. Atomlarning eng muhim xarakteristikasi uning yadrosining musbat zaryadi bo’lib, u son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadro zaryadining qiymati atomlarning har xil turlari uchun bir-biridan farq qiluvchi belgisi hisoblanadi, bu esa element tushunchasiga ancha to’liq ta’rif beradi:

Kimyoviy element – bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo’lgan atomlar-ning muayyan turidir.

Element yadrosidagi neytronlar va protonlar sonidan farq qilishi mumkin. Masalan, vodorod izotoplari protiy ()da bitta proton, bitta elektron bo’lib, neytron yo’q. Deyteriy () izotopida bittadan proton, elektron hamda neytron mavjud. Tritiy () izotopida esa bitta proton, ikkita neytron hamda bitta elektron mavjuddir. Bu atomlarning barchasi bitta kimyoviy element vodorod elementini bildiradi.

Yadrosi aniq protonlar va neytronlar soniga ega atom nuklid deyiladi. Yadrodagi protonlar va neytronlarning umumiy soni massa soni deb yuritiladi.

Elementlarning muhim ta’rifi ularning yer po’stlog’ida, ya’ni Yerning yuqori qattiq qobig’ida   t a r q a l g a n l i g i d i r, bu qobiqning qalinligi shartli ravishda 16 km ga teng deb qabul qilingan. Elementlarning yer qobig’ida tarqalganligini geokimyo – Yer haqidagi fan o’rganadi. Rus kimyogari A. P. Vinogradov yer po’stlog’ining o’rtacha kimyoviy tarkibi jadvalini tuzdi. Shunga muvofiq:

Litosfera kimyoviy tarkibi.

Kimyoviy element Tarqalganlik

darajasi %

Kimyoviy element Tarqalganlik

darajasi %

1 Kislorod 47,2 11 Marganes 0,09
2 Kremniy 27,6 12 Oltingugurt 0,09
3 Alyuminiy 8,80 13 Fosfor 0,08
4 Temir 5,10 14 Bariy 0,05
5 Kalsiy 3,6 15 Xlor 0,045
6 Natriy 2,64 16 Stronsiy 0,04
7 Kaliy 2,6 17 Rubidiy 0,031
8 Magniy 2,10 18 Ftor 0,027
9 Vodorod 0,15 19 Sirkoniy 0,02
10 Uglerod 0,1 20 Xrom 0,02

 

Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, elementlar yer po’stlog’ida juda notekis tarqalgan. Dastlabki 9 ta element yer po’stlog’ining 99,79% ni, qolgan barcha elementlar – faqat 0,21% ni tashkil etadi. D. I. Mendeleyev aniqlagandek, tabiatda “a t o m  o g’ i r l i g i (atom massasi)  k i ch i k  e l ye m ye n t l a r  e n g  k o’ p tarqalgan, o r g a n i z m l a r d a  e s a  j u d a  ye n g i l  e l ye m ye n t l a r  (H, C, N, O) k o’ p  b o’ l a d i”. Koinotda ham yengil elementlar – vodorod bilan geliy juda ko’p tarqalgan.

Kimyoviy elementlar metall va metallmaslarga bo’linadi. 22 ta metallmas element (H, B, C, Si, N, P, As, O, S, Se, Te, galogenlar va inert gazlar) bo’lib, qolganlari esa metallardir.

 

Nisbiy atom massa va nisbiy molekulyar massa. Mol

 

Hozirgi tekshirish usullari atomlarning nihoyatda kichik massasini katta aniqlik bilan topishga imkon beradi. Element atomlarining o’lchami va shunga mos ravishda ularning massalari ham juda kichik sonlar bilan ifodalanadi. Masalan, 1 ta vodorod atomining massasi 0,0000000000000000000000001674 g ga teng. Bu son-ni ixchamlashtirsak 1,674•10-24 g ga teng bo’ladi. 1 ta uglerod atomining massasi 1,993•10-23 g ga teng. Ko’rinib turibdiki, bu sonlar nihoyatda kichik va ular bilan hisobot ishlarini olib borish qiyin. Shu sababli atomlarning real massalari o’rniga “nisbiy atom massa”si tushunchasi (atom massa birlik a.m.b.) ishlatilib, uning o’lchov birligi sifatida “uglerod birligi” (u.b.) tushunchasi qabul qilingan.

Atomning uglerod birliklarida ifodalangan massasi atom massasi deyiladi.

         “Uglerod birligi” deb, uglerod atomining massasi 12 bo’lgan izotopi massasining 1/12 qismiga teng bo’lgan massa miqdoriga aytiladi. Bu tushunchaga asosan:

“Uglerod birligi” bo’yicha vodorod (N) atomining massasi 1,0078 u.b. ga teng bo’lib, bu qiymatning ma’nosi 1 ta N atomining massasi uglerod atomi massasi-ning 1/12 qismiga nisbatan 1,0078 marta katta demakdir.

Elementlarning nisbiy atom massalari Ar bilan belgilanib, bunda indeks r-inglizcha relative nisbiy so’zining bosh harfidir. Ar(H), Ar(O), Ar(C) yozuvlar vodo-rodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi hamda uglerod-ning nisbiy atom massasi tushunchalarini bildiradi.

Har qanday elementning nisbiy atom massasi deb, son jihatdan uning atom massasiga teng bo’lib, uglerod birliklarida ifodalangan og’irligiga aytiladi.

Nisbiy atom massa – kimyoviy elementning asosiy xarakteristikalaridan biridir. Elementlarning nisbiy atom massalari qiymati D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida berilgan.

Hozirgi vaqtda elementlarning nisbiy atom massalarini aniqlashda, mass-spektroskopiya usuli qo’llanilib, “standart” sifatida 12C atomining massasidan foydalaniladi.

Moddaniing nisbiy molekulyar massasi deb, son jihatdan har qanday modda molekulasining massasiga teng bo’lib, uglerod birliklarida ifodalangan og’irligiga aytiladi. Molekulyar massa ham 12C – atomining 1/12 qismiga nisbatan o’lchanganligi uchun “nisbiy molekulyar massa” deyiladi va Mr – holida belgilanadi. Masalan, Mr(O2)=32 u.b. yoki 32 g/mol, Mr(H2SO4)=98 u.b. yoki 98 g/mol va hokazo.

 

III.O’quvcilarni dars mavzusi,maqsadi,borishi bilan tanishtirib,topshiriqlarni bajarishga yo’naltirish.

IV.Yangi mavzuni o’rganish.

Bilaman,bilishni hohlayman,bilib oldim” metodida o’qituvchi yozuv taxtasini uch qismga bo’ladi va quyidagilarni yozadi:

 

Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim

 

So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu borasida qanday tushunchalarga ega ekanliklarini so’raydi,ular tomonidan bayon etilgan tushunchalarni “Bilaman” nomli bandga yozadi. O’quvchilarda fikrlash qobilyatini cheklab qo’ymaslik uchun ushbu harakatda o’quvchilarning noto’g’ri fikrlari ham yoziladi.

O’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu yuzasidan yana nimalarni o’zlashtirishni hohlashlarini so’raydi va o’ylashga da’vat etadiO’quvchilar tomonidan aytilgan tushunchalar “Bilishni hohlayman” nomli bandga yozib boriladi.Har ikkala bandda ham faoliyat yakunlangach, o’qituvchi yangi mavzuni slaydlar yordamida bayon etadi.O’quvchilar o’qituvchini eshitib bo’lishgach, yana nimalarni bilib oldim ?“ degan savolga javob topishlari lozim bo’ladi.Guruhlardagi o’quvcilar o’zaro fikrlashib,yangi tushunchalarni bayon etdilar. O’quvcilar bayon etgan yangi tushunchalarni o’qituvchi yozuv taxtasidagi “Bilib oldim” nomli bandiga yozib boradi va umumlashtirib mavzu haqida o’z fikrlarini bayon qiladi.

V.Yangi mavzu yuzasidan didaktik o’yinlarni tashkil etish.

Moddalar massasining saqlanish qonuni barcha kimyoviy hisoblashlarda qo’llaniladi. Uni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ayrim hisoblashlar bilan tanishib chiqamiz.

  1. Dastlabki moddalardan birining miqdoridan reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotdan birining miqdorini aniqlash.

         Misol. 16 g mis (II)-sulfat eritmasiga kerakli miqdorda temir ta’sir ettirish natijasida qancha mis olish mumkin?

Ye ch i sh. Mis (II)-sulfat bilan temir orasidagi o’zaro ta’sir reaksiya tenglamasini tuzamiz. Berilgan miqdorni va topilishi lozim bo’lgan miqdorni tenglamadagi ayni moddaning formulasini ustiga yozamiz va quyidagicha hisoblaymiz:

16 г                         Х г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

160 г                       64 г

160 : 16 = 64 : X

  1. 2. Reaksiya mahsulotidan birining ma’lum miqdoridan dastlabki modda-lardan birining miqdorini aniqlash.

Misol. 8 g misni ajratib olish uchun qancha mis(II)-sulfat temirni o’zaro ta’sir ettirish kerak?

Ye ch i sh. Oldingi masalaga o’xshash reaksiya tenglamasini tuzish orqali yechamiz:

Х г                         8 г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

160 г                       64 г

160 : Х = 64 : 8

  1. Dastlabki moddalardan birining miqdori bo’yicha ikkinchi moddaning miqdorini aniqlash.

Misol. 80 g mis(II)-sulfat eritmasidan hamma misni siqib chiqarish uchun necha gramm temir zarur bo’ladi?

Ye ch i sh.

80 г       Х г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

160 г    56 г

160 : 80 = 56 : Х

  1. Hosil bo’lgan moddalardan birining miqdoriga asoslanib, ikkinchi moddaning miqdorini aniqlash.

Misol. Mis(II)-sulfat bilan yetarli miqdorda temirning o’zaro ta’siridan 128 g mis ajralib chiqan bo’lsa, necha gramm temir(II)-sulfat hosil bo’lgan?

Ye ch i sh.

Х г     128 г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

152 г    64 г

152 : Х = 64 : 128

 

 

Zakovatli zukko” metodi.Bunda o’qituvchi tomonidan har bir guruhlarga to’tttadan tezkor savollar beriladi. Guruhlardagi o’quvchilar savollarga qisqa muddatda aniq va to’g’ri javob berishlari zarur.

’quvchilar savollarga javob berib bo’lgach, “Domino” o’yini boshlanadi. “Domino” o’yinini o’tkazish uchun bitta bo’lim yoki bir nechta mavzu tanlanadi.

 

VI.Topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab guruhlar rag’batlantiriladi va o’quvchilar baholanadi.

VII.Uyga vazifa.Darslikdagi mavzuni o’qib, rasmlarini chizib, bir hujayrali suvo’tlar haqida qo’shimcha ma’lumotlar to’plab kelish.

 

Добавить комментарий