«Xotira darslari» tashkil qilindi

                                                       

                 «Xotira darslari» tashkil qilindi

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi.

h
Maktabimizda yangi o‘quv yilining birinchi soatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan «Xotira darslari» o‘tildi.
«Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda «o‘zbek modeli» degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirdi.
Xalqimiz o‘zining qisqa muddat – 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda aynan Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi va shu ulug‘ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi.
«Xotira darslari»da Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, ona-yurtga muhabbat, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlari yoshlarimiz ongi va qalbiga singdiriladi.
risunok5risunok1

 20-maktabda 4-sentyabr  2016-2017 –o`quv yilining boshlanishi va  “Bilimlar kuni” hisoblanishi, yurtimizda 3-5-sentyabr kunlari “xotira kuni” deb e`lon qilinganligi   munosabati bilan mazkur tadbir ham shunga mos ravishda tashkil etildi. Maktabning saflanish maydonida barcha o`quvchilar sinflar kesimida sinf rahbarlari rahbarligida  saflandi. Tadbir soat 8:00 da boshlandi. Tadbirga tuman hokimining birinchi o`rinbosari D. Ochilov, XTMFMTTEB mudiri o`rinbosari I. G`aniyev, “Abay” MFY raisi K. Turdiyev, “Qo`riqlash” bo`limi boshlig`i Z. O`roqovlar qatnashdi. Bundan tashqari 200 nafardan ortiq 1-sinf o`quvchilarining ota-onalari, 95 nafar o`qituvchi, 1446 nafar o`quvchi, 30 nafar texnik xodim ishtirok etdi. Maktab direktori N. Ro`ziyevaning 20 daqiqalik ma`ruzasi tinglandi. N. Ro`ziyeva o`z ma`ruzasida Vatanimiz, butun o`zbek xalqi o`ta og`ir judolikka uchraganligi, O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2016-yil 2-sentyabr kuni 78 yoshida og`ir kasallikdan so`ng vafot  etganligi va 3-sentyabr kuni Samarqand shahrida dafn marosimi o`tkazilganligini hamda  yurtimizda 3-5-sentyabr kunlari “motam kuni” deb e`lon qilinganligini aytib, barchaga chuqur ta`ziya izhor etdi. Shundan so`ng maktab rahbari N. Ro`ziyeva o`quvchilar va ota-onalarga O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning hayot yo`li, olib borgan siyosiy faoliyati haqida qisqacha ma`lumot berdi. 

Добавить комментарий