20-maktab matematika fani o`qituvchisi Rasulova Buvigulning “Biz Xorazmiy izdoshari” nomli tadbir senariysi

“Biz Xorazmiy izdoshlari”

Maktab zali bayramona bezatilgan. Devorda “Biz Xorazmiy izdoshlari” nomli devoriy ro’znoma, mashhur allomalarning suratlari, matematika faniga oid ko`rgazmalar, turli boshqotirmalar osilgan.Kechaga ertak tusi beriladi. Uning boshlanishidan avval “jarchil”lar hammani kechaga chaqiradi.

“Odamlar-u odamlar, bog’da pishgan bodomlar! Eshitmadim demanglar,eshitganlar jilmanglar! Bugun maktabimizda “Biz Xorazmiy izdoshlari “ nomli matematika kechasi bo’ladi ,bu kechaga hammangizni taklif etamiz.Xa-xaxey.Eshitmadim demanglar…!”

Sahnaga boshlovchilar chiqib, kechani ochadilar.

1-boshlovchi:                   Assalom ey zamin baxtiyorlari

Xulqi hush elimning hur avlodlari

Yaxshi kunda ko’rishdik yana biz diydor

Bundan ortiq baxt bormi, qadrdonlarim!

2-boshlovchi:    Assalom bu yerda yig’ilganlarga

Ey aziz do’stlari qadrdonlarga

Xalqimiz farzandin tarbiyalotgan

Dono — yu  bilimdon muallimlarga!

1-boshlovchi: Darhaqiqat, qaysi davrada bo’lsak ham ilk so’zimizni o’zbekka xos salomdan boshlaymiz. Chunki, bu biz uchun odobning sirli va oddiy qirralaridan biri hisoblanadi.            Avvalom, ushbu bellashuvda ishtirok etayotgan guruh a’zolariga, tomoshabin va davramiz husniga-husn ulashib, unga ko’rk bag’ishlab turgan ustoz-murabbiylarimizga xush kelibsiz deymiz.

Bu bellashuvimizning asosiy maqsadi: 6 “E”– sinf o’quvchilarining  matematika fanidan olgan bilimlarini o’z do’stlari bilan bellashishdan iborat. Shu kungacha olgan bilim va malakalarimizni yanada oshirishdir.

Bu besh kunlik umrimiz,

Suvdek oqib o’tadi.

Kecha ko’rgan kunimiz,

Bugun ortda qoladi.

Goh yig’laymiz, goh shodmiz

Goh tobemiz, goh ozod

Turfa xil har kunimiz

Hayot shunday umrbod.

Bugungi bo’ladigan “Biz Xorazmiy izdoshlari” nomli bellashuvimizda “ Al – Xorazmiy ” va  “ Aljabr ” guruhlari bellashadilar. Har bir guruh a’zolari  5 ta o’quvchidan iborat bo’lib, uning shartlari quydagicha:

1 – shart. Tanishtiruv

2 – shart.  “Kim epchil-u, kim chaqqon?” o`yini

3 – shart.  “Zehningni sina”

4 – shart.  “Peshonangdagini o`qi”

5 – shart.  “Davom ettir” o`yini

6-shart. Sardorlar bellashuvi

1-boshlovchi: 1-shart. Tanishtiruv. Har bir guruh o’z nomini aytib tanishtiradi. Navbatni 1-shart bo’yicha 6-“E” sinfining Al-Xorazmiy guruhiga beramiz.

1-o`quvchi: Assalomu alaykum qalb qo’rini mehrini yosh avlodlarga bag’ishlayotgan aziz ustolar – u yurtimiz umid bilan ko’z tikib turgan hurmatli tengdoshlar.

Biz guruhimiz o’quvchilari nomidan siz aziz ustozlarga va tengdoshlarimizga omad tilaymiz.

Vatanimiz:  O’zbekiston

Shahrimiz:  Go’zal Uchquduq

Shiorimiz:  Namunali xulq va a’lo o’qis

2-o`quvchi:      Algebra faniga solgansiz asos

Xorazm ona yurti siz uchun ustoz

Olam – olam  ma’no to’la fikringiz

Ravshan etdi hisob ilmin ro’yi – rost

Asirlaringiz qancha el – aro yashar

Zamonlar o’tsa ham bebaho erur

Maqsadimiz chuqur o’rganmoq uni

Muhammad Muso Al – Xorazmiy  o’z  zamonasining buyuk  olimlaridandir. Al – Xorazmiy  Xorazim diyorida 483 – yilda tug’ulib,  voyaga yetdi. U juda ko’p asarlar yozdi. Uning asarlaridan 10 tasigina yetib keldi.

3-o`quvchi:                Asrlar ortigan kelar asrlar

Ammo yaratilgan fan asoslarin

Asrdan asrga eltar nasrlar

Bobomiz Xorazmiy ruhin etin shud

Durdona so’zlarin bir – bir etib shod

Biz bilamizki matematikada 10 ta raqam bo’lib, keling ularning suhbatini tinglaylik.

4-o`quvchi:

Matematikada bor man

Birdan oldingi nol man.

Gar birdan keyin kelsam

O’ntalab qo’shsang bor man

5-o`quvchi:   Mendirman bir son

Boshlanar mendan hayot

Kichik va toq bo’lsam, ham

Har bir sonda men hamdam

1-o`quvchi:

Men ikki man qo’shdirman

Juft sonlarning sardori

Uch – to’rt sondan yoshdirman

Ammo ular madori

2-o`quvchi:    Uch soni

Bilimimni baholab

Noiloj qoniqaman

Ba’zan o’zim to’rtga besh

Ko’z tikib toliqaman

3-o`quvchi:  To’rt soni

O’rtoqjon bilsangiz

Meni xafa qilmangiz

Agar to’rt olay deb havas

Uchga birni qo’shsak bas

4-o`quvchi:  Besh soni

Meni derlar besh soni

A’lochilarning joni

Uch – tort son mendan kam

Olti sonnidir akam

5-o`quvchi:  Olti soni

Koptoksimon qorminni

Soyobonga olaman

Bir – ikki – uch o’zimga

Teng bo’lina olaman

1-o`quvchi:  Yetti soni

Boshimga shapka kiyib

Bog’laganman belbog’ni

Xizmatiga tayyorman

Mehmatsevar o’rtoqni

2-o`quvchi:

Sakkizinchi soni

Jim – jimadon shaklim bor

Ko’rganlar qilar havas

Toza ham chiroyli

Yozishni o’rgansang bas

3-o`quvchi:  To’qqizinchi soni

Men to’qqizman sen bilgan

Hisoblashni tez o’rgan

Yettiga sen ikkini qo’sh

Sakkizga yetar bitta kam

2-boshlovchi: Endi navbat 1-shart bo’yicha 6-“E” sinfining  Aljabr guruhiga.

Marhamat tomosha qiling.

1-o`quvchi:   Assalom-u alaykum qadrli ustozlar va aziz tomoshabinlar. Bu bellashuvga  tashrif buyurganingizdan behad minmatdormiz. Bellashuv davomida sizga xushkayfiyat yor bo’lishini tilab kirish qismimizni boshlaymiz.

Bizning guruh:: Aljabr

Maqsadimiz: Matematika sohasining ochilmagan qirralarini ochish

Shiorimiz: Yaxshi o’qish.

Hayotda: sabrli bo’lish

Maktabda: Hurmatda yurish.

Kelajakda: Orzularga yetishish

Shu bilan birga

Hakamlarga: adolat

Tomoshabinlarga: sabr-toqat

raqib guruhga: saodat

O’zimizga: omad-omad, va yana omad !

2-o`quvchi:   Besh baho olsang agar,

Hayot bo’lar juda go’zal.

3-o`quvchi:   — Ey jo’ra qo’shilmayman bu gapingga,

,,2” olaman barcha havas qilar menga.

4-o`quvchi:   Oy, jo’ralar qarshiman bu gaplarga

,,1” ball olaman biroq baribir hayot go’zal.

5-o`quvchi:   Baho qanday bo’lsa ham

,,Iqtidorli “ nomga dog’ tushurmaslik lozim !

1- o‘quvchi:

Arifmetik to‘rt amal,

Qo‘shish hamda ayirish,

Mulohazaga chorlar

Bo‘lish va ko‘paytirish.

1-o`quvchi:             Qo’shish

Ketma – ketlab qo’shaman,

Sonlarga kuch qo’shaman.

Mening belbog’im chiziq

O’zim turaman qoziq

2-o`quvchi:   Ko’paytirish

Sonlarni ko’paytirish

Bir necha bor oshirish

Qoyil qilaman ishim

Ko’paytirishdir ishim

3-o`quvchi:            Bo’lish

Ko’payib ketsa sonlar

Bo’lib – bo’lib beraman

Ishlab tursangiz misol

Ikki nuqta bo’laman

4-o`quvchi:

5-o`quvchi: Al-Xorazmiy algebraik risolasida ikkita maxsus amal kiritgan. Birinchsito’ldirish-manfiy sonni tenglamaning bir tomonidan ikkinchisiga o’tkazish bo’lib,  undan al-jabrdan algebra so’zi kelib chiqdi. Bir matematik bu qoidani quyidagicha ifodalagan:

Tenglamani yechishda, Agar biror qismida, Farqi yo’q qaysisida, Manfiy had uchrasa,

Biz har bir tomonga,

Teng had  beramiz,

Faqat boshqacha ishora bilan, Va musbat natijani topamiz.

1-o`quvchi:  Ikkinchi amal — val –muqobala — tenglamaning ikkala qismlarida teng hadlarni qisqartirish hisoblanadi.

Al-Xorazmiy risolalari matematika bo’yicha arab tilidan lotin tiliga Yevropada tarjima qilingan birinchi asarlardan edi, XVI asrgacha algebra algebra va muqobala san’ati deb atalgan edi. Sharq matematiklaridan meros bo’lgan chiziqli va kvadrat tenglamalar haqidagi ta’limot Yevropada algebra rivojlanishi uchun asos  bo’ldi. Al-Xorazmiy mexanika bilan ham shug’ullangan. Bu fanga uning «Fanlar kitobi» bir bobi bag’ishlangan. Bu kitobda mashinalar tavsifi va ularni ishlatish bo’yicha tavsiyalar berilgan bo’lib, harbiy mashina va pnevmatik asboblarga bag’ishlangan bo’lim ham mavjud bo’lgan.

2-o`quvchi:  Riyoziyot ilmidir fanlarning bahodiri

Basharga har javhada benazir qilgan xizmat

Fanlar karvonboshisi, jasoratga qodiri,

Arzir madhiya benazir etib izzat.

3-o`quvchi:

—    Ta’zim sizga buyuk fanga asos solgan bobolar!

Ta’zim sizga nomi madhi fonli qolgan bobolar!

Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz!

1-boshlovchi: 2-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

Endigi navbatni 2-shartga . Bu shartimiz   “Kim epchil-u, kim chaqqon?” deb ataladi. Har bir guruhga 10 tadan savol beriladi, ishtirokchilar savollarga chaqqonlik bilan javob berishlkari kerak bo`ladi. Hakamlarimiz javoblarni baholab boradilar.

“Al- Xorazmiy” guruhiga savollar:

  1. Algebra faniga asos solgan olim?                          Al-Xorazmiy

2.Nilometrni kim kashf qilgan?                                 Al-Farg’oniy

3.”Algebra “ so’zi qaysi so’zdan olingan?                  -al-jabr

  1. Birinchi bosqich amallariga qaysi amallar kiradi? -qo’shish va ayirish

  2. Sonlarni taqqoslang: 7,195 va 12,1 7,195 < 12,1

  3. 0 qanday son? Butun son

  4. Taqqoslang: -23 va -46 -23> -46

  5. “Qonuni Mas’udiy” asar muallifi kim? Beruniy

  6. Tovuq ikki oyoqda tursa 6 kg, bitta oyoqda tursa necha kg? 6 kg

  7. Parellel to`g`ri chiziq deb nimaga aytiladi? Kesishmaydigan to`g`ri chiziq

“Aljabr” guruhiga savollar:

  • Kilometrlarda ifodalang: 2 km 156 m 2,156km

  • Amallarni bajaring: a) 0,48 + 0,057 0,537

3) a) sonlarni birlargacha yaxlitlang: 257,51                      258

4.O`rin almashtirish qonuni qaysi amalllar uchun o`rinli?     Qo`shish va ko`paytirish

5.Amallarni bajaring: a) 12,3 + 5,26;

6.6-sinf o`quvchilari 609,8 kg, 7-sinf o`quvchilari esa ulardan 75,5 kg ko`p olma terishdi. Har ikkala sinf o`quvchilari necha kilogramm olma terishgan ?

206,11296,1kg

7.Yerning diametri 12756 km bo`lib, bu quyoshning diametridan taxminan 109 marta qisqa. Quyoshning diametrini toping.

  1. Uchta qopda 1,97 sr un bor. Birinchi va ikkinchi qopdagi un massasi teng. Uchinchi qopda esa birinchi qopga qaraganda 0,11 sr ko`p un bor. Har qaysi qopda qanchadan un bor ?

9.Tog`ri to`rtburchakning eni 14 sm bo`lib, u bo`yining 2/5 qismini tashkil qiladi. Tog`ri to`rtburchak yuzini toping.

  1. “Al jabr val muqobala” asari muallifi kim?

2-boshlovchi: Mana 2-shartni ham yakunladik. Hozirgi vaqtda ko’plab murakkab matematik hisoblarni inson o’rniga mashinalar bajarmoqda. Matematika ob-havoni oldindan aytib berish, ko’priklarni texnik imkoniyatlarini, binolarning gumbazlarini, yo’ldoshlarning orbitalarini, hisoblab chiqishga yordam bermoqda.

1-boshlovchi: Endi matematikaga oddiygina ta’rif beradigan bo’lsak, matematika- raqamlar va shakllar haqidagi fan , ilmiy qilib aytadigan bo’lsak, matematika sonli munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fandir.

2-boshlovchi: 2-shartni baholash uchun navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

Ana endi 3-shartga ham keldik. Bu shartda” Zehningni sina” “ o’yinini o’ynaymiz. Har bir guruhga  ayni bir qiziqarli masalani  yechish talab etiladi.

1-boshlovchi:“Al- Xorazmiy” guruhiga

Uchburchak belgisi  qanday raqam bo’lishi mumkin?

2-boshlovchi:“Aljabr ” guruhiga

1 dan 9 gacha sonlarni  shakldagi aylanalar ichiga shunday joylashtiringki, har bir chiziqdagi uchta raqam yig’indisi 15 ga teng bo’lsin.

1-boshlovchi: Guruhlarimiz bajarishlari uchun 5 daqiqa beriladi. Bu oraliqda esa siz aziz,tomoshabinlarimizga 7-“B” sinf o`g`illari ijrosida go`zal bir raqsga beramiz. Marhamat, maroqli dam oling.

2-boshlovchi: Navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

1-boshlovchi: 4 – shart.  “Peshonangdagini o`qi” deb nomlanad. Bunda guruhlardan bittadan o`quvchi tashrif buyuradi. Ko`zi bog`langandan song boshiga toj kiydiriladi. Unga birorta geometric shaklning nomi yozilgan yoki chizilgan bo`ladi. O`quvchining ko`zi ocholgandan so`ng, shakl haqida ma`lumot guruhi tomonidan aytiladi. O`quvchi bu ta`riflar qaysi shklga tegishli ekanligini topishi zarur.

4) Ushbu belgilar ostida Inglizcha to’rtta harf bilan yoziladigan ancha tanish so’z yashiringan. Bu so’zni       toping.

Javob:  bu NEWS  so’zi. U ushbu so’zlarning bosh harflaridan tuzilgan. North (shimol), East (sharq),

West(g’arb) и South (janub) bo’lib, strelkalar bilan ko’rsatilgan to’rtta yo’nalishni anglatadi.

5) Rus (Kirill)  harflari qatoridagi yetinchi harfni toping:  П,   В,   Т,   Ч,   П,   Ш,   …

Javob:    С  harfi, izoh: ruscha  седьмой sanoq, birinchi harflar

6) Tenglamani yeching: 2x+245+576+424+755=1243+1542+757+458+12+x

7) Bir aqlli kishi tuhmat bilan qamalib qoldi.  Unga  jazoni o’tashga uchta xonadan bittasini tanlashga imkon berildi. Birinchi xonada odamxo’r bor, Ikkinchi xonada  beshta qotil bor. Uchinchi xonada ovqat yemaganiga uch yil bo’lgan sherlar bor. Aqlli odam qaysi xonani tanlaydi?

8)   1 dan 8 gacha sonlarni shunday qo’yingki, to’g’ri chizqdagi  va aylanadagi raqamlar yig’indisi bir xil bo’lsin.

1-BOSHLOVCHI:         Shuning bilan aziz ustozlar hamda hurmatli o’quvchilar. Sizlarga qisqacha aytib o’tilgan she’rlar va o’yinlar maktabimmizda boshlangan “Matematika va informatika” fan oyligini ekanligidan darak beradi.

2-BOSHLOVCHI:         Biz o’quvchi yoshlar fevral oyi matematika va informatika fan oyligida hammamiz yaxshi ishtirok etamiz deb qolaman. E’tiborlaring uchun tashakkur.

Adxamjon Vaxobov Farg’ona viloyari Rishton tumani 7-maktab matematika va informatika o’qituvchisi

Uchburchak

) Ushbu shaklarga qarang:

Navbatdagi shakl qanday bo’lishi kerak?

Javob: 7 raqamining oydadagi aksi.

3) Bu uchchovlon kim?

Birinchi va ikkinchi gohida birga bo’lishadi, lekin ulardan biror sado chiqmaydi. Uchinchi har doim o’zi     bilan ovora, lekin gohida ovozini baland ko’taradi. Ikkinchi ham, ba’zida tunni yolg’iz o’tkazadi. Gap nima

haqda bormoqda?

Javob:  Bu svetofor chiroqlari. Qizil va yashil bir necha sekund birga yonishadi, shundan so’n yashil    yonadi.  Yashil rang ba’zida ko’zi ojizlar uchun tovushli bo’ladi. Ko’pincha  tunda sariq rang miltillab  turadi.

  1. Bolaning nechta singlisi bo’lsa, shuncha akasi bor. Uning singlisining esa akalariga nisbatan singillari ikki marta kam. Shu oilada nechta o’g’il bolalar va nechta qiz bolalar bor.

  2. To’g’ri chiziq soat ichidagi sonlarni ikki guruhga ajratadi.  Ikkila guruhdagi sonlarning yig’indisi bir xil bo’lishi uchun to’g’ri chiziqni qanday o’tkazish kerak.

  3. Agar 3 xonali son bilan shu sonni teskari tartibda yozishdan hosil bo’lgan sonning ayirmasi 99 ga bo’lishini isbotlang.

  4. Shunday bir narsa borki, u ko’chada yashil,bozorda qora, uyda qizil bo’ladi. Bu nima?

Har ikkala guruhga 2 tadan savol bo’lgandan so’ng, ,,Al-Xorazmiy” guruhi hakamlar ballarni hisoblashguncha sahna ko’rinishi qo’yib berishdi. Unda: Jo’rabek, Shahzod, ismlilar ishtirok etishdi.

Sahna ko’rinish tugagach savol-javob davom etadi.

  1. Uchta bir xil raqam yordamida mumkin bo’lgan eng katta sonni toping.

  2. O’rdaklar va qo’ylar o’tloqda yurishibdi.Ularning hammasi 30 bosh bo’lib, oyoqlari 84 ta.O’tloqda nechta o’rdak va nechta qo’y bor.

  3. Bu shunday narsaki uni yeb bo’lmaydi lekin yediradi uni kiyib bo’lmaydi lekin, kiydiradi.O’zi bir kapalak qanotidek yengil narsayu lekin tonnalab og’irlikka ega bo’lgan narsalarni bo’ysindirishga qodir.Bu nima?

  4. Pifagordan,,Shogirdlaringiz nechta”-deb so’rashganida, u shunday javob beribdi. ,,Shogirdlarimdan yarmi matematikani ,to’rtdan biri tabiatni o’rganishyapti.Ularning yettidan biri vaqtini mulohaza yuritish bilan o’tkazyapti qolgan qismini esa,uchta qiz tashkil qiladi”.Pifagorning nechta shogirdi bo’lgan?

3-Shart. Guruhlar bir-birlariga savol berishdi.

4-Shart. Guruhlar sardori musobaqasi.

Dam olamiz o’ylaymiz,

Fikrlaymiz, topamiz.

Matematika biz bilan,

Hamroh bo’lsin doimo.

Bu fan bizning do’stimiz,

Mo’jizalar makoni.

Inoq bo’lib o’ssa kim

Ortar ilm makoni.

Raqs: (milliy)

  • boshlovchi: Ajdodlar va avlodlar,

Xalqimizning faxridir

Necha buyuk siymolar:

Al-Xorazmiy, Farobiy,                           Beruniy, Ibn Sinolar.

  • boshlovchi: Ming yil avval ham mashhur

Bo’lgan bizning bobolar.

Har bir ilmda tengsiz

Nom qozongan  daholar.

1- boshlovchi:  Bizdek yosh avlodiga,

Sinchkov boqar bobolar.

Har odimni kuzatib ,

Ishlarimiz baholar.

2- boshlovchi:   Qoloqni kechirishmas,

Qilmang, derlar, xatolar.                            Kashfiyotlar qilsangiz

Shunda olam tan olar.

 

 

Добавить комментарий